Giggz: "Manchester Yunayted" Chempionlar ligasida g'olib bo'la oladi"

Aslanov Jasurbek
15 mar 2019
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi, hozirda Uels terma jamoasini boshqarayotgan Rayan Giggz "qizil iblislar"ning Chempionlar ligasidagi imkoniyatiga baho berdi.

"Manchester Yunayted" Chempionlar ligasida g'olib bo'la oladi. Bunga qarshilik qiladigan sabablarni ko'rmayapman. Sulsher jamoasi Parijda g'alaba qozona oldi. Finalga juda kuchsiz jamoalar chiqqanini ko'rganmiz. Hozir "Yunayted"da sifat va ishonch bor.

Ammo turnirda kuchli jamoalar qolganini ham unutmaslik kerak. Bu qiyin bo'ladi, ammo iloji yo'q narsaning o'zi yo'q. "Manchester" yaxshi o'yin va natijalar ko'rsatmoqda" - deydi Giggz.

Chempionlar ligasi 1/4 final qur'asi Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC