O'zbekiston milliy terma jamoasi ayni damda Toshkentda Yaman terma jamoasiga qarshi o'yinga tayyorgarlikni davom ettirayotgani haqida xabar bergan edik. Bahraynga qarshi o'yinda jarohati tufayli milliy terma jamoaga yordam bera olmagan Aleksandr Geynrix safga qaytdi va KXDRga qarshi uchrashuvda o'z goli bilan milliy terma jamoaning g'alabasiga katta hissa qo'shdi. E'tiborlisi, bu istedodli hujumchining milliy terma jamoa safidagi 30-goli bo'ldi va u milliy terma jamoadagi gollari soni bo'yicha Mirjalol Qosimovga yetib oldi.
Yamanga qarshi o'yinga jo'nab ketish oldidan Aleksandr Geynrix intervyu berdi va terma jamoaga doimo yordam berishga tayyor ekanini ta'kidladi.
“Terma jamoadagi gollarim soni, shaxsiy natijalarimdan terma jamoa g'alabasi muhimroq”, - deydi Aleksandr Geynrix. “Ikkita o'yinda zaxiradan maydonga tushib gol urganim va g'alaba uchun o'z hissamni qo'shganimdan xursandman. Hujumchining vazifasi gol urish va men o'z vazifamni bajardim holos. Milliy terma jamoa uchun yordam berishga doimo tayyorman”.
“Terma jamoa safida gol urish juda zavqli. Muxlislarga to'la stadionda, ayniqsa o'z uyingdagi uchrashuvda gol urish esa yanada maroqliroq. Gol urgan vaziyatdan keyingi holatimni so'z bilan ifoda eta olmayman. Barchasi shunday bo'lganidan va g'alaba qozonganimizdan xursandman”, - deydi milliy terma jamoa hujumchisi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasining Yamanga qarshi o'yini 17 noyabr kuni, 20:30 boshlanadi. O'yin Qatar poytaxti Dohada bo'lib o'tadi. O'zbekiston milliy terma jamoasi Dohaga charter reys bilan yetib bordi.