Geynrix maydonga tushmadi, "Ordabasi"da g'alaba

Narzulla Saydullayev
17 apr 2016, 16:49
Bugun Qozog'iston premer-ligasi 6-turidan o'rin olgan "Ordabasi" - "Qayrat" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Unda mezbonlar Kasalicaning urgan goli evaziga g'alaba qozonishdi - 1:0. Maydon egalari safida hamyurtimiz Aleksandr Geynrix zaxirada qoldirildi. "Ordabasi" 6ta o'yindan 10 ochko to'plab ayni paytda 4-o'rinda bormoqda. klub navbatdagi bahsni 23 aperl kuni "Okjetpes"ga qarshi safarda o'tkazadi.

Ordabasi - Qayrat 1:0
Gollar:
Kasalica 55

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia