Gevorkyan "Qizilqum" safiga qo'shildi

Aslanov Jasurbek
10 fev 2017, 14:23
2016 yilgi mavsumning ikkinchi davrasida "Lokomotiv" safiga borib qo'shilgan Artur Gevorkyan ayni paytda erkin agent hisoblanadi.

Turkmanistonlik futbolchining "Lokomotiv" bilan tuzgan shartnomasi yakunlangandi. Gevorkyan Navoiyning "Qizilqum" klubi safiga qo'shilishi kutilayotgandi. Bugun, 10 fevral kuni Artur "Qizilqum" klubi mashg'ulotlariga qo'shildi. Buni klub matbuot xizmati tasdiqladi.

Bugun "Qizilqum" G'uzorning "Sho'rtan" klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Bahs soat 15:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia