Gestifute kompaniyasi: Ronaldu soliq to'lashdan qochmagan
Narzulla Saydullayev
14 iyun 2017, 08:45
Ispaniya prokuraturasi Real hujumchisi Krishtianu Ronaldu 14,7 million evro soliq to'lamagani haqida e'lon qilgandi. Uning huquqini himoya qiluvchi Gestifute kompaniyasi bu vaziyatga izoh berdi.
Futbolchi soliq to'lashdan qochmagan, bu aniq. U soliq idoralaridan ishlab topgan pullarini yashirmagan va davlatni aldashga urinmagan, - deyiladi kompaniya bayonotida.