"Gerta" Gyotce bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
18 dek 2019
"Gerta" Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Mario Gyotce bilan shartnoma imzolamoqchi.

27 yoshli futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi mavsum yakunida o'z nihoyasiga etadi.

Shu sababdan Mario poytaxt klubiga tekinga o'tishi mumkin. Gyotce so'nggi vaqtlar "Borussiya"da o'yin amaliyotisiz qolib ketmoqda.

Futbolchi Germaniya chempionatining so'nggi 5 turida jami 35 daqiqa o'ynadi. Klub bugungi kunga kelib Bundesligada 14-o'rinni egallab turibdi.


AlisherMuallif
Manba: Bild