Germaniyaning 2016 yildagi eng yaxshi murabbiyi nomi e'lon qilindi, u - 29 yoshda

Tolibjon Qosimov
22 mar 2017, 19:57
Germaniyaning o'tgan yilgi eng yaxshi murabbiyi nomi e'lon qilindi.
Unga ko'ra, "Xoffenxaym" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Germaniyaning 2016 yildagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu haqda Bundesliga rasmiy sayti ma'lumot berdi.

Nagelsmann - Bundesliga tarixidagi eng yosh murabbiy hisoblanadi. U 2016 yilning fevralida "Xoffenxaym"da ishlashni boshlagan, o'shanda u 28 yoshda edi. Hozir uning yoshi 29da, 23 iyul kuni Nagelsmann 30 yoshga to'ladi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: bundesliga.de