Germaniya termasining o'tgan yildagi eng yaxshi futbolchisi e'lon qilindi

Mirjalol Normatov
10 yanv 2020, 20:43
Menxengladbaxning "Borussiya"si himoyachisi Mattias Ginter Germaniya termasining 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi.

G'olib muxlislarning ovoz berish yo'li orqali aniqlandi. So'rovnoma yakunlariga ko'ra, 25 yoshli germaniyalik futbolchi 37 foiz ovoz to'pladi. Keyingi o'rinlarda "Bavariya" yarim himoyachisi Serj Gnabri (28,3 foiz) va Joshua Kimmix (8,4 foiz) qayd etildi.

O'tgan yilda Ginter Evro-2020 saralashi doirasida milliy terma safida 6 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi va 2 assistentlikni o'z hisobida yozdirib qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild