Germaniya terma jamoasi mashg'ulotga metroda yetib bordi

Narzulla Saydullayev
19 noya 2013, 14:28
Germaniya terma jamoasi Angliyaga qarshi o'yindan oldingi mashg'ulotlarga metroda yetib bordi, deb xabar bermoqda terma jamoa rasmiy sayti.
Bundesmannshaft murabbiylar va barcha futbolchilar bilan birga Beyker-stritdan Uembligacha bordi. Germaniya terma jamoasi tarixida oldin bunday holat bo'lmagan.

Metroga tushish Angliya fubol Federatsiyasining 150 yilligiga bag'ishlangan PR-akciya emas. Jamoa Londondagi tirbandliklardan qochish uchun avtobusni metroga almashtirdi, - deb yozadi sayt.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net