Germaniya kubogi. Ilk yarim finalchi ma'lum, ularning raqibi ”Bavariya” bo'lishi mumkin

Eldor Akmurzayev
3 apr 2019, 00:01
Bugun Germaniya kubogi doirasida 2ta chorak final bahsi bo'lib o'tishi kerak edi.

Ularning birinchisi yani “Paderborn 07” - “Gamburg” o'rtasidagi to'qnashuv biroz oldin o'z yakuniga etdi.

Mazkur bahsda mehmonlar a'zosi Per-Mishel Lasogga dubl qayd etib, “Gamburg”ni musobaqaning yarim finaliga olib chiqdi.

“Ajdarlar”ning keyingi bosqichdagi raqibi ertaga “Bavariya” – “Xaydenxaym” o'yinidan keyin ma'lum bo'ladi. Ma'lumot uchun, ayni vaqtlarda “Augsburg” hamda “RB Leyptsig” klublari o'rtasida (0:0) uchrashuv o'tkazilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia