Germaniya grandi Azar uchun kurashga qo'shildi

Mirjalol Normatov
9 yanv 2019, 18:55
Dortmundning "Borussiya"siga Menxengladbaxning "Borussiya"sidan Torgan Azar kerak.

"Bild" xabariga ko'ra, tomonlar muzokaralar olib borishmoqda. Gladbaxliklar futbolchisini 42 million evroga sotib yuborishga tayyor turishibdi. U Dortmundda Kristian Pulishichning o'rnida harakat qilishi kutilmoqda. Azarning xizmatlariga "Liverpul" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.

Bu mavsumda 27 yoshli Torgan jamoasi tarkibida 19 o'yinda 12 gol urib, 7 golga assistentlik qildi. Uning shartnomasi 2020 yilga qadar mo'ljalllangan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild