Germaniya chempionati. “Borussiya” navbatdagi uch ochkoni qo'lga kiritib, 3-pog'onaga ko'tarildi
21 apr 2018, 23:56
“Signal Iduna Park”da “Bayer”ni qabul qilgan dortmundliklar 4:0 hisobida yirik g'alabani qo'lga kiritishdi.
Uchrashuvda Marko Roys “dubl” qayd etgan bo'lsa, Jeydon Sancho va Maksimilian Filipp bittadan golga mualliflik qilishdi. Uchrashuvning birinchi bo'limida Roys penaltini amalga oshira olmadi.