Germaniya chempionati. “Bavariya” Xaynkes qo'l ostida ilk bor “tarsaki” edi

26 noya 2017, 00:36
Germaniya chempionatining 13-turida “Borussiya” Myunxengladbax mehmoni bo'lgan “Bavariya” Xaynkes qo'l ostida ilk mag'lubiyatni qarshi oldi.

“Borussiya-Park” stadionida kechgan bahsning birinchi bo'limi oxirlarida mezbonlar ketma-ket ikki bor amaldagi chempion darvozasini ishg'ol etishdi.

Ikkinchi bo'limda Vidalning uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasi faqatgina hisobni qisqartirish uchun kifoya qildi -2:1.

Ushbu mag'lubiyatga qaramay “Bavariya” 29 ochko bilan turnir jadvalini ishonch bilan boshqarib bormoqda. “Borussiya” M esa (24 ochko) 4-pog'onada bormoqda.


Germaniya chempionati, 13-tur.

Borussiya M – Bavariya 2:1 (2:0, 0:1)

Gollar: 1:0 – 39, penalti Azar, 2:0 – 44 Ginter, 2:1 – 74 Vidal.

BorussiyaM – Zommer, Ginter, Vendt, Elvedi, Vestergor, Xerrmann, Zakariya, Kramer (Yanchke, 11; Djonson, 46), Azar, Shtindl, Raffael (Drmich, 90).

Bavariya –Ulrayx, Zyule, Martines, Bernat (Koman, 45), Xummels, Rudi (Vridt, 68), Kimmix, Vidal, Tolisso, Xames (Fridl, 46), Levandovski.

Ogohlantirish: Tolisso (31), Elvedi (65).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia