Genrix Mxitaryan: "Agar pul haqida o'ylaganimda, vaqtida "Anji" taklifini qabul qilgan bo'lardim"
Tolibjon Qosimov
8 fev 2017, 19:23
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan "Shaxtyor" tarkibida o'ynab yurganida "Anji"dan taklif bo'lganini aytib o'tdi.
"Agar bir paytlar faqat pul haqida o'ylaganimda, "Anji"ning taklifini qabul qilgan bo'lardim. Lekin, men o'sishni istadim va "Borussiya" (Dordmund)ni tanladim", - deydi Mxitaryan.