Genduzi: "Liverpul"ni mag'lub eta olamiz"

Aslanov Jasurbek
28 dek 2018, 15:14
"Arsenal" yarim himoyachisi Matteo Genduzi "Liverpul"ga qarshi bo'ladigan APLning 20-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Liverpul" himoyada ishonchli harakat qilmoqda, ammo ularni mag'lub eta olamiz. Jamoadoshlarimga ishonaman.

Bu qiyin bo'ladi, biroq buning uchun bizda hamma narsa bor. O'rtada 3 ochko turibdi, ularni qo'lga kirita olamiz.

Mavsumning birinchi qismini yaxshi o'tkazdik. Mag'lubiyatsiz seriyamiz uzoq davom etdi, Yevropa ligasi guruhida g'olib chiqdik va APL yetakchilaridan ochko bo'yicha farqimiz katta emas" - deydi Genduzi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports