

Ufaliklar O'runovni sotib olmaslikka qaror qilishdi, shuningdek, endi u ijaraga ham olinmaydi.
“Ma'lum vaqt davomida belgilangan summani uchga bo'lib to'lashni rejalashtirgandik, “Spartak” esa 70 % miqdorini birdaniga to'lashimizni istadi, qolgan 30 foizini esa bir necha oy ichida. Bu imkonsiz edi”, deydi Gazizov.
Eslatib o'tamiz, 20 yoshli o'zbekistonlik yangi mavsumga tayyorgarlikni “Spartak” o'rinbosarlari tarkibida boshlaydi.



