Gazizov O'runov haqida: "Krasnodar"ga qarshi o'yinda maydonga chiqishi mumkin. Agar murabbiy ishonch bildirsa, hammasi yaxshi bo'ladi"

Alisher
13 okt 2021, 18:24
"Ufa" bosh direktori Shamil Gazizov ufaliklar yarim himoyachisi Oston O'runovning qachon maydonga qaytishi haqida gapirdi.

"O'runov umumiy guruhda shug'ullanmoqda. Barchasi yaxshi. "Krasnodar"ga qarshi o'yindayoq maydonga chiqishi mumkin. Agar murabbiy ishonch bildirsa, barchasi yaxshi bo'ladi", - deydi Gazizov.

20 yoshli O'runov joriy mavsum ikki bor RPL doirasidagi o'yinda maydonga tushdi.

Eslatib o'tamiz, "Krasnodar" - "Ufa" o'yini 17 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: СЭ