

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, Kataloniya klubi futbolchini ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha apellyaciyani boy berdi. "Barselona" sentyabr oyida Gavi bilan yangi shartnoma imzoladi, shundan so'ng u asosiy jamoaning rasmiy futbolchisiga aylanishi kerak edi. Biroq La Liga futbolchini ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat bermadi va keyinchalik sud ham buni tasdiqladi, chunki "Barselona" ish haqi fondi bo'yicha muammoga ega.
Endi Gavi oshirilgan maosh ololmaydi va 6-raqam ostida ham o'ynamaydi. Endilikda u "ko'k-anorranglilar" safida yana 30-raqam ostida o'ynashiga to'g'ri keladi.



