Gattuzo: "Napoli"da 11ta o'yinda 8ta g'alaba, ammo biz "galaktikos" yoki "Barsa" emasmiz"

Alisher
27 noya 2020, 12:33
"Napoli" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Yevropa Ligasi doirasidagi "Rieka" (2:0)ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz so'nggi 11ta o'yin (12ta – championat.asia tahririyati)da 8ta g'alabaga erishdik, ammo agar odamlar bizni "galaktikos" ["Real"] yoki "Barselona" deb o'ylashayotgan bo'lsa, ular qattiq adashishadi.

Men chanqoqlikni, bir-birimizga yordam berishni va birgalikda ishlashni ko'rmoqchiman", - deydi Gattuzo.

Eslatib o'tamiz, oldinroq "Napoli"ning uy stadioni "San-Paulu" Maradona sharafiga qayta nomlanishi ma'lum bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: football-italia.net