Gattuzo: "Juda uyalyapman, ammo olg'a intilishimiz kerak"

Aziz Tukhtamuradov
17 dek 2017, 20:40
"Milan" bosh murabbiyi Jenaro Gattuzo "Verona"ga qarshi o'yindagi sharmandali mag'lubiyatdan so'ng (0:3) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz o'yinni yaxshi boshlagandik. Ko'p hujum qildik, vaziyatlar yaratdik. Keyin esa raqib jamoa ilk imkoniyatidan foydalana oldi. Ikkinchi gol esa vaziyatni yomonlashtirdi.

Men juda uyalyapman. Ammo, oldinga qarab intilishimiz kerak. Albatta, biz yomon maydon bizga halal berdi deb aytishimiz mumkin. Lekin, bu oqlash uchun sabab bo'lmaydi. Biz professionallarmiz va o'z vaqtida maosh olamiz. Shuning uchun, o'z ishimizni bajarishimiz kerak. O'zimizga kelib olishimiz lozim. Barchasi yaxshi boshlanadi, keyin esa...", - dedi Gattuzo.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Mediaset Premium.