Gattuzo: "Endi "Milan" o'z o'yinlari bilan barchaga lazzat bermoqda"

Mirjalol Normatov
17 fev 2019, 11:57
"Milan" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo A Seriya doirasida "Atalanta" ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Barcha sir bizning vingerlarimiz va hujumchilarimizga bog'liq. Ular "Atalanta"ning qanotini ochib tashlashdi.

Hozirda "Milan" o'z o'yinlari bilan barchaga lazzat bermoqda. O'yin entuziazmga to'la. Barcha futbolchilar maydonga chiqib, o'yinlarda o'ynashdan xursand. Biz buni yo'qotmasligimiz kerak. Bizda sifat etarlicha. Barcha o'zining hissasi qanday ekanligini yaxshi biladi.

Pentek - gollar bilan yashaydigan futbolchi. U a'lo darajada harakat qilmoqda. Albatta, tanaffusga qadar gol urib olganimiz juda yaxshi bo'ldi. Shu boisdan ikkinchi bo'lim osonroq o'tdi", - dedi Gattuzo.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal