Gattuzo: "Barchamiz bir kemadamiz"

Mirjalol Normatov
1 apr 2019, 21:41
"Milan" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo "Udineze"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Ushbu o'yinga yoqimsiz natijalar bilan yetib kelmoqdamiz. Biroq jamoa sog'lom va barchasi joyida. Ha, biz qiyinchiliklarga to'qnash keldik, ammo tirikmiz. G'alaba - eng yaxshi davo.

Barchamiz bir kemadamiz. Maqsadimiz - YCHLga chiqish. Barchamiz birgalikda shunga yetishish uchun ishlayapmiz. Leonardo bilan munosabatlarim yomonlashayotgani borasida OAVdan eshitdim. Biz bu borada gaplashib olganmiz", - dedi Gattuzo.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia