Garnacho kelajagi borasida bir qarorga keldi

Khoja
21 avg 2025, 10:17
"Manchester Yunayted" futbolchisi Alexandro Garnacho faoliyatini faqatgina "Chelsi"da davom ettirmoqchi.

Argentinalik yarim himoyachi London klubidan boshqa hech bir jamoaga o'tmasligini ma'lum qilgan.

Agar ushbu kelishuv amalga oshmasa, 22 yoshli futbolchi yil davomida zaxirada o'tirishga ham tayyorligini ma'lum qilgan.

Eslatib o'tamiz, Garnacho "Chelsi" bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishib bo'lgan. "Ko'klar" futbolchining transferi uchun 30 million funtdan ko'p bermoqchi emas, "qizil iblsilar" esa futbolchini 50 milliondan kamiga sotmoqchi emasligini ma'lum qilgandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: skysport