Gari Nevill: "Manchester Yunayted" Ronaldusiz ko'proq ochko to'playdi"

Iskandarov Abdulaziz
23 okt 2022, 19:50
"Qizil iblislar" sobiq futbolchisidan munosabat.

"Manchester Yunayted" va Angliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Gari Nevill hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan bog'liq vaziyat haqida o'z fikrlarini bildirdi. 

- Hozir Ronalduni ilk daqiqalardanoq maydonga tushirishni xohlaydigan mutaxassislar ko'pchilikni tashkil etmaydi. . Jamoa esa usiz yaxshiroq. Ko'proq ochko to'playdi. "Manchester Yunayted" Ronaldu o'ynamagan taqdirda ham yomon jamoa emas",- deydi Nevill Sky Sports nashriga

Eslatib o'tamiz, Erik Ten Xag shogirdlari kecha APLning navbatdagi turida mehmonda "Chelsi" bilan 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Sky Sports