

31 yoshli futbolchi jarohati bois terma jamoaga chaqirilmadi.
Uni hisobdan chiqarganim yo'q. Runi hali xayrlashuv o'yinini o'tkazmaydi. Uning terma jamoadagi faoliyati tugadi deyishga hali erta.
Jarohat bois 9 nafar futbolchimiz safdan chiqqan: Keyn, Rouz va Runi kabilar ham bor. Ammo bu muammo emas. Bular sog' bo'lishganida termaga chaqiruv olishardi, – deydi Sautgeyt.
Runi – ayni paytda 53ta gol bilan Angliya terma jamoasining eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi.




