Garet Sautgeyt oila a'zolariga Angliya termasidagi kelajagini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
18 dek 2022, 11:51
Garet Sautgeyt Angliya termasidagi faoliyatini davom ettiradi.

"The Telegraph" xabariga ko'ra, 52 yoshli mutaxassis bu qarorini Angliya Futbol assotsiatsiyasiga ma'lum qilmagan, biroq bu qarorga kelib bo'lgan.

Angliya termasi bosh murabbiyi o'tgan yakshanba kuni uyiga qaytgan va oila a'zolariga faoliyatini davom ettirishini ma'lum qilgan. Jahon chempionati startiga qadar u qanday natija qayd etsa ham iste'foga chiqishni o'ylagandi. Biroq yakunda u fikrini o'zgartirdi.

Eslatib o'tamiz, Angliya termasining JCH-2022dagi so'nggi manzili chorak final bo'ldi. Unda inglizlar Fransiyaga 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph