Garet Beyl: “Real”da meni iliq kutib olishdi”

Narzulla Saydullayev
18 sen 2013, 13:46
“Real” klubining yangi yarim himoyachisi Garet Beyl, Chempionlar ligasi guruh bosqichida “Galatasaroy”ga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan so'ng (6:1), madrid klubiga ko'nikish jarayoni haqida gapirib o'tdi.

“Real”da meni iliq kutib olishdi va men tezda jamoa bilan kirishib ketdim. Ayni paytda men sport formamni to'liq tiklab olishim va maydonga tushib, mavsumni ko'ngildagidek o'tkazishim kerak.

Chempionlar ligasi bahslari futbolchiga o'zgacha his tuyg'u beradi. “Real”dek buyuk jamoaga o'tishimning sababridan biri ham, Chempionlar ligasidek katta musobaqada ishtirok etish edi. Evrokuboklar mavsumini g'alaba bilan boshlash maroqli bo'ldi”, - deydi Beyl.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru