Garet Beyl asosiy tarkibga qaytdi

4 fev 2014, 00:17
“Real” yarim himoyachisi Garet Beyl safga qaytdi.
U Ispaniya chempionatining 22-turidagi “Atletik”ka (1:1) qarshi o'yinni Karlo Anchelotti qarori bilan o'tkazib yuborgandi.

24 yoshli  futbolchi bugun jamoa bilan birga shug'ullandi va  Ispaniya Kubogida “Atletiko” bilan bo'ladigan o'yinga tayyorgarlikni boshladi. Uchrashuv chorshanba kuni bo'lib o'tadi.

Shunday qilib, Beyl “Atletiko” bilan o'yinda ishtirok eta oladi.

Manba: sports.ru