G'arbiy Osiyo chempionati. Qatar va Iordaniya finalda o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
5 yanv 2014, 10:46
Kecha G'arbiy Osiyo chempionatida yarim final o'yinlari bo'lib o'tdi.
Dastlabki yarim finalda musobaqa mezboni Qatar Quvaytni yirik 3:0 hisobida taslim qildi. Qizig'i o'yinning asosiy vaqtida hisob ochilmagandi, qatarliklar qo'shimcha bo'limlarda uchta gol urishdi va finalga chiqishdi.

Finalda ularga qarshi Bahraynni mag'lub etgan Ioradniya raqiblik qiladi. Iordaniya birgina avtogol evaziga finalga yo'llanma oldi.

Ma'lumot uchun, musobaqada ikkinchi marta ishtirok etayotgan Qatar birinchi bor finalga chiqdi. Iordaniya esa bunga qadar 7 marta ushbu musobaqada qatnashgan va ikki marta finalga chiqib ikkalasida mag'lub bo'lgan.

Yanvar oyida Ummonda bo'lib o'tadigan U22 Osiyo chempionatida O'zbekiston bilan bir guruhdan o'rin olgan Saudiya Arabistoni va Iroq yoshlar jamoalari G'arbiy Osiyo chempionatida guruhdan chiqa olishmadi.

Yarim final
Qatar - Quvayt 3:0
Gollar:
Xouki 93, 112, Assadalla 120.

Bahrayn - Iordaniya 0:1
Gol
: Duaij 67 avtogol


7 yanvar
3-o'rin uchun

Quvayt - Bahrayn

Final
Qatar - Iordaniya

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia