Garay "Chelsi" va "Inter" qiziqishlari doirasida

Aslanov Jasurbek
7 may 2017
"Valensiya" himoyachisi Esekel Garayga "Chelsi" va "Inter" qiziqish bildirmoqda.

Milan va London klubi vakillari futbolchining transferi borasida ispan klubi bilan bog'lanishga ulgurishdi.

Garay yozda "Valensiya"ni tark etadi, chunki "ko'rshapalaklar" rahbariyati jamoaning joriy mavsumdagi o'yinidan qoniqmadi va tarkibda tozalash ishlari o'tkazmoqchi.

Garay joriy mavsum LaLiganing 25 ta uchrashuvida 2 ta gol urdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tribal Football