"Gap pulda bo'lsa, o'sha pulni men senga beraman"

Omonjon To`xtamirzayev
6 fev 2025
Kepler Pepe "Madrid"da Krishtianu bilan bo'lgan voqeani yodga oldi

"O'sha voqeani hayotimning oxirigacha unutmayman. "Valensiya"ga qarshi o'yinda men boshimdan jarohat oldim.

O'zimga kelganimda esa men shifoxonada edim va Krishtianu tuni bilan o'sha erda bo'lgani, oilamning yonida turib, yordam berganini bildim.

Keyinroq, men "Real"dan kyetishga qaror qilganimda Krishtianu mendan qolishimni so'radi.

U menga shunday degandi: "Agar gap pulda bo'lsa, men senga o'zimning pullarimni beraman!" Biroq gap pulda emas edi, men yangi chempionat, yangi jamoada o'zimni sinab ko'rmoqchi edim", - dedi Pepe. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: "Реал Мадрид"нинг телеграмдаги саҳифаси