Ganso: "Sevilya"da qolib, shu yerda muvaffaqiyatlarga erishishga umid qilaman"

Aslanov Jasurbek
1 may 2017, 16:00
"Sevilya" yarim himoyachisi Gansoning so'zlariga ko'ra, klubni o'zgartirish uning rejalariga kirmaydi.

"Qolgan boshqa braziliyaliklar kabi Yevropa klubidagi birinchi yil oson bo'lmadi. Ko'nikish qiyin kechmoqda, chunki bu yerda umuman boshqacha futbol o'ynashadi. Kelasi mavsumda ko'proq o'yin amaliyoti bo'ladi degan umiddaman. Fikrimcha, ter to'kib ishlasam hammasi joyida bo'ladi. "Sevilya"da qolib, shu yerda muvaffaqiyatlarga erishaman degan umiddaman" - deydi Ganso.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca