"Gannover"ni "Verder" sobiq bosh murabbiyi Shaaf boshqaradi

Aslanov Jasurbek
28 dek 2015
"Gannover" yangi bosh murabbiyga ega bo'ldi.

Endi bu klubni "Verder" sobiq ustozi Tomas Shaaf boshqaradi.

"So'nggi kunlarda "Gannover" vakillari bilan yaxshi suhbatlar o'tkazdik. Vazifani tushuntirishdi. Bunday katta chaqiruvdan xursandman. Biz Bundesligada jon saqlab qolishimiz lozim" - deydi Shaaf.

Shaaf iste'foga chiqqan Mixael Frantcekaning o'rnini egalladi.

Bundesliganing 17-turidan so'ng "Gannover" 14 ochko bilan 17-o'rinni egallab turibdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport1