

"Menimcha, bu qoidabuzarlik uchun darvozamiz tomon penalti qo'yilmasligi kerak edi. O'sha vaziyatni hamma ko'rdi. Bu tartibsizlik.
Shunga qaramay, so'nggi daqiqalarda ham qulay imkoniyatlarga ega bo'ldik. O'yindan faxrlanaman deb ayta olmayman, chunki bizda hali ochko mavjud emas. Endi qolgan ikkita o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak", – dedi murabbiy.
Gana termasi 28 noyabr kuni ikkinchi turda Janubiy Koreya bilan bahs olib boradi.



