Matteus Ronaldu haqida: "Terma jamoadagi faoliyatni bundan yomonroq yakunlab bo'lmasdi"

Sherzod Nurmatov
6 noya 2026, 14:50
1990 yilgi jahon chempioni Lotar Matteus Krishtianu Ronalduning Portugaliya terma jamoasidan ketishini noloyiq deb atadi.
2.jpg

"Uning terma jamoadagi faoliyatining yakuni va umuman olganda so'nggi bir necha hafta noloyiq hamda o'ta uyatli bo'ldi. Bunda Ronalduning o'zi ham, Portugaliya futbol federatsiyasi ham aybdor. Messidan farqli o'laroq, u o'z imkoniyatini qo'ldan boy berdi, federatsiya esa u ketganidan so'ng qo'yilgan kulgili jarima bilan o'zini sharmanda qildi.

Uning merosi hamda "Manchester Yunayted" va "Real"dagi yillari - noyob hodisa, bu chinakam buyuk faoliyat. Ammo uni bundan ham yomonroq yakunlashning imkoni yo'q edi", – deya Matteusning so'zlarini keltiradi “Sky Sport”.

5 noyabr kuni 41 yoshli Ronaldu 2003 yildan buyon sharafini himoya qilib kelgan Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi. U milliy terma jamoa safidagi o'yinlar soni (234) va gollar (146) bo'yicha rekordchi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sport