Gamshikka Xitoydan katta maosh taklif qilishmoqda

Mirjalol Normatov
10 iyun 2018
"Napoli" yarim himoyachisi Marek Gamshik faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin.

“Football Italia” xabariga ko'ra, "Guangjou Evergrand"dagilar uning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Ular slovakiyalik futbolchining transferi uchun 30 mln evro to'lashga tayyorlar.

Gamshikka yiliga 18 mlnlik maoshi bor 3 mavsumlik shartnoma taklif qilinmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia