Gameyro: "Diego Kosta? "Atletiko" meni tanladi"

Aslanov Jasurbek
1 avg 2016, 11:27
"Atletiko" yangi hujumchisi Kevin Gameyroning so'zlariga ko'ra, uni "Chelsi" forvardi Diego Kosta borasidagi savol qiziqtirmaydi.

OAV so'nggi paytlarda ispan klubi Kostani o'z safiga qaytarishi mumkinligi haqida yozgan edi.

"Eng asosiysi hozir jurnalistlarning savollariga javob beryapman. Klub meni tanladi va bor kuchimni jamoaga sarflashim kerak" - deydi Gameyro.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca