Gamburg ketma-ket to'rtinchi mavsum dastlabki uch turda yuta olmayapti

Narzulla Saydullayev
15 sen 2014, 08:36
Bundesliganing 3-turida Gamburg safarda Gannoverga mag'lub bo'ldi (0:2).
Dastlabki uch turdan so'ng Mirko Slomka shogirdlari atiga 1 ochko to'plashdi va so'nggi o'rinda borishmoqda.

Qizig'i Gamburg ketma-ket to'rtinchi yilda mavsumning dastlabki uchta turida g'alaba qozona olishmayapti. O'tgan mavsum klub ilk g'alabasini 4-turga kelib qo'lga kiritgandi. Yakunda faqatgina pley-off orqali ligada qolishni uddalagandi.

Gamburg Germaniyada barcha mavsumni bundesligada o'tkazgan yagona klub sanaladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru