Galte: "Yuventus"ga qarshi o'yin boshqacha bo'ladi"

Mirjalol Normatov
4 sen 2022, 13:15
PSJ bosh murabbiyi Kristof Galte chempionat doirasida "Nant"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

"Barchasi joyida, doimiy gollar uryapmiz, futbolchilarda kayfiyat a'lo darajada. Ular maydonda yakkahokimlik qilishni istashmoqda.

YCHL - boshqa daraja, "Yuventus" bilan o'yin ham boshqacha o'tishi kerak. Ularning "Fiorentina"ga qarshi o'yinini tomosha qildim. Jamoaning YCHLda katta tajribasi bor. Ularni mag'lub etish uchun himoyada mustahkamroq turib bersak bo'ldi. Gollarni urib tashlashimizga ishonaman", - dedi Galte.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal