Galliani Maykl Oliverni tanqid qildi

Mirjalol Normatov
18 apr 2018
"Milan"ning sobiq vice-prezidenti Adriano Galliani YCHL chorak finali doirasida "Real" - "Yuventus" (1:3) uchrashuvini boshqargan Maykl Oliverni tanqid qildi.

"Yuventus" "Real"ni yutishga loyiq edi. Penalti bahsli vaziyat edi. Undan tashqari Buffonga ko'rsatilgan qizil kartochka kulgili bo'ldi. Bu bilan u futbol psixologiyasini tushunmasligi ko'rsatdi.

Uni ahmoq deya olaman", - dedi Galliani "Football Italia" nashriga.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia