Gallas: "Mudrik "Chelsi"ni tanlaganidan afsuslanishi mumkin"

Sherzod Nurmatov
10 fev 2023
"Arsenal" sobiq futbolchisi Uilyam Gallas "Chelsi" vingeri Mixaylo Mudrik "kanonirlar"ga emas, "ko'klar"ga o'tganidan afsusda bo'lishi mumkinligini aytdi.


"Ehtimol, Mudrik xato qildi, chunki u "Arsenal"da o'ynash imkoniyatiga ega edi. "Arsenal"ning o'yinini hisobga olsak, u ularga mos keladi va mavsum oxirida u tanlovidan pushaymon bo'lishi mumkin.

"Chelsi" Chempionlar Ligasiga chiqa olmasa-chi? "Arsenal" mavsum oxirida chempion bo'lishi mumkin. Balki Mudrik tanlovidan afsuslanadi. U yaxshi saviyada o'ynab, keyingi mavsumda Chempionlar Ligasida o'ynashi mumkin bo'lardi", – dedi Gallas.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Evening Standard