"G'allakor" futbolchisi "Neftchi"ga o'tishi mumkin

Narzulla Saydullayev
3 fev 2015, 16:31
Birinchi liga ishtirokchisi Jizzaxning "G'allakor" jamoasi a'zosi Botir Xolliev "Neftchi" ko'rigida bo'lib turibdi.
20 yoshli chap qanot himoyachisi hozircha yig'inda ishtirok etmoqda. Murabbiylar shtabi Xollievni hokim kubogi turniridagi o'yinlar orqali ham sinovdan o'tkazmoqda. Agarda futbolchining harakatlari maqul kelsa, Botir yangi mavsumni "Neftchi"da boshlaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia