

Galim Bersugurov markaziy himoya va o'rta chiziqda o'ynaydigan universal futbolchi hisoblanadi. Ushbu futbolchini "Paxtakor" jamoasi ko'rikka chaqirgan. Agarda futbolchi mashg'ulotlarda o'zini yaxshi taraflama ko'rsata olsa, unda "sherlar" Galim Bersugurov bilan shartnoma imzolashlari mumkin bo'ladi.
22 yoshli futbolchi Galim Bersugurov asosan "Qayrat" yoshlar jamoasida, Qozog'istoning birinchi ligasida ishtirok etadigan "Ile-Sauleta" va "Jetisu-Sunkara" jamoalarida o'ynagan.



