"Galatasaroy" "Napoli" himoyachisi Mario Ruyni sotib olish niyatida

Alisher
30 iyun 2021, 15:40
Turkiya klubi "Galatasaroy" "Napoli"ning 30 yoshli himoyachisi Mario Ruyni harid kilishni maqsad qilgan.

Bu haqida jurnalist Nikola Skira o'zining "Twitter" akkauntida xabar qildi. 

Bir qator manbalar xabariga ko'ra, turklar yaqin vaqtlar ichida "Napoli" bilan muzokaralarni boshlaydi. O'z navbatida, neapolliklar futbolchi transferidan 8 million evro ishlab olmoqchi. Portugaliyalik himoyachining Italiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilda o'z nihoyasiga etadi, yillik maosh esa 2 million evro. 

Ruy "Napoli"ga 2017 yil kelib qo'shilgandi. Undan avvalroq "Roma", "Empoli", "Speciya", "Gubbio", "Fatima" kabi  klublarda to'p tepgan. Transfermarkt portalida futbolchining narxi 8 million evroga baholangan. 

Nihoyasiga etgan mavsumda "Galatasaroy" Turkiya chempionatida 84 ochko bilan ikkinchi o'rinni band qildi. Iyun oyida Moskvaning "Spartak" jamoasi klubning kongolik himoyachisi Kristian Lyuindamaga qiziqish bildirgan edi. OAV tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, moskvaliklar o'yinchi uchun 3.5 million evro taklif qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira