

Gollandiyalik 53 yoshli mutaxassisning ishidan klub rahbarlari qoniqish xosil qilmagan. “Galatasaroy” direktorlar kengashi yakunda bosh murabbiyni iste'foga chiqarishni lozim topdi.
Rikerink 2016 yilning mart oyida “Galatasaroy” bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. O'tgan mavsumda jamoa Turkiya chempionatida 6-o'rinni egallagan. Mamlakat kubogida esa bosh mukofotni qo'lga kiritgandi.
Joriy mavsumda esa “Galatasaroy” Turkiya Superligasida 3-o'rinni band etgan. Jamoa peshqadam “Beshiktosh” klubidan 5 ochkoga ortda qolyapti.



