“Galatasaroy” bosh murabbiyi iste'foga chiqarildi

Aslanov Jasurbek
19 dek 2017, 01:37
“Galatasaroy” klubi direktorlar kengashi bugungi yig'ilishdan so'ng jamoa bosh murabbiyi Igor Tudorni iste'foga chiqarish haqida qaror qabul qildi.

Tudor “Galatasaroy”ni shu yilning fevral oyida qabul qilib olgandi. Joriy mavsumda jamoa Turkiya chempionatida 16ta o'yindan 32 ochko jamg'arib, 2-o'rinni egallab turibdi. 

Peshqadam “Istanbul Bashakshexir” klubi 33 ochkoga ega. “Galatasaroy” 17 dekabr kuni safarda “Yeni Malatyaspor” jamoasiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif