Gabriel Jezus: Neymarni tanqid qilish emas, balki uni qadrlash kerak

Jezus Braziliya termasi yetakchisi haqida fikrlari bilan bo'lishdi.

“Neymarni tanqid qilishmoqda, ammo bizning kumirimizni qadrlash kerak. Va unga so'nggi daqiqalargacha ishonish kerak. Hakam penalti bilan bog'liq vaziyatda, takrorni ko'rishini ma'lum qildi, keyin esa 11 metrlik jarima zarbasini bekor qildi. Ammo biz ruhiy jihatdan o'zimizda qoldik. Biz o'zimizdan nima talab qilishayotganini bilgan holda, oldinga intilishda davom etdik va o'zimizga keragiga erishdik”,-dedi Jezus.


Manba: Championat.com