

O'yinda Gabriel Jezus pokerga erishdi. U 30, 34, 57 va 65-daqiqalarda gol kiritdi. Bu Jezus uchun faoliyatidagi ilk poker bo'ldi. Avvalroq futbolchi YCHL doirasida “Shaxtyor” (6:0) qarshi bahsda xet-trik qayd etgand.
21 yoshli hujumchi 2 marta “Etihad Stadium”da 3 va undan ko'p gol kiritishga erishdi. “Siti” safida bunday ishni avvalroq Karlos Teves (4 marta) va Serxio Aguero (10 marta) ko'proq uddalashgan.



