Gabriel Batistuta: "Roma" ajoyib futbol namoyish etmoqda"

Narzulla Saydullayev
6 okt 2013, 13:05
Afsonaviy hujumchi Gabriel Batistuta sobiq klubi "Roma"ning ishonchli startini izohlab o'tdi.
- Meni faoliyatim davomida Italiyaning ikki klubi yorqin iz qoldirgan. "Roma" ulardan biri. Albatta, Italiya chempionatini kuzatib borayapman.

Totti afsonaviy futbolchilar qatoriga kirib bo'lgan. "Roma"ning g'alabalaridan boshim osmonda. Kelinglar hozircha chempionlik haqida gapirmay turaylik, ammo rimliklar ajoyib o'yin namoyish etishmoqda, - deydi Batistuta Global Sports nashriga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net