Gabi - "Paxtakor", YCHLdagi ikkita final va Qatardagi faoliyat haqida

Narzulla Saydullayev
9 apr 2019
Ayni paytda Toshkentda bo'lib turgan "Al Sadd" klubida faoliyat olib borayotgan ispaniyalik yarim himoyachi Gabi bilan qisqa intervyu tashkil etdik.


- Ispaniyadan keyin Qatarda o'ynash qanday bo'lmoqda?
- Barchasi ajoyib. Sharoitlar yaxshi, faqatgina Qatarda ob-havo issiqroq va futbol o'ynash Ispaniyadagiga nisbatan qiyinroq.

- "Paxtakor" bilan uchrashuvdan nima kutayapsiz?
- "Paxtakor" yaxshi shakllangan jamoa. Bo'lajak bahs qiyin, qiziqarli va shiddatli o'tadi.



- Siz ikki marta Yevropa chempionlar ligasi finalida o'ynagansiz. Taassurotlaringiz qanday bo'lgan?

- Ushbu musobaqa finalida o'ynash ajoyib edi. Hissiyotlar yuqori darajada. Lissabondagi finalda teng o'yin bo'lgandi, so'nggi burchak to'pini o'tkazib yuborganmiz va mag'lub bo'lgandik. Milandagi finalda ham qiziqarli bahs bo'lgandi, ammo penaltilar seriyasida bizning omadimiz kelmagandi xolos.

- Bu mavsum sobiq klubingiz "Atletiko" YCHL nimchorak finalida ilk o'yindagi 2:0 hisobidan keyin ham "Yuventus" to'sig'idan o'ta olmadi. Buni qanday izohlash mumkin?

- O'sha o'yinni ko'rdim. Bilasizmi bu savolingizga "Yuventus"ga qarshi Turinda o'ynash juda ham og'ir deb javob bergan bo'lardim.

- Jamoa hujumchisi Bog'dod Bunedja haqida fikringiz qanday?

- Bog'dod Bunedja yaxshi futbolchi va ajoyib to'purar. Deyarli har bir o'yinda gol uradi va "Al Sadd"ga natija keltiradi.

Behzod Nazarov suhbatlashdi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia